Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Yigʻilishda skrining dasturlarini amalga oshirish holati ham atroflicha koʻrib chiqildi

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 6 oyida 2-10 yoshli 4,9 mln. nafar bolalarning 3,1 mln. nafari gelmintozni aniqlash boʻyicha skriningdan oʻtkazilgan boʻlib, ulardan 139 mingtasida kasallik aniqlangan, sogʻlomlashtirish tadbirlari olib borilgan.

Biroq reja ijrosi Navoiy, Fargʻona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida respublikadagi oʻrtacha koʻrsatkichdan pastligi koʻrsatib oʻtildi.

3-18 yoshli bolalarning 4,5 mln. nafari onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ommaviy va selektiv skriningdan oʻtkazilib, ularning 418 nafarida kasallik aniqlangan.

Shuningdek, 35-55 yoshdagi 1,2 mln. nafar ayol bachadon boʻyni saratoni, 45-65 yoshdagi 1 mln. nafar ayol koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha skriningdan oʻtkazilib, aniqlangan kasalliklar boʻyicha davolash ishlari olib borilgan.

Qolaversa, 40 va undan katta yoshdagi 5,2 mln. nafar aholi yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash maqsadida skriningdan oʻtkazilib, ularning 395 ming nafarida kasallik aniqlanganligi qayd etildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.