Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Xalqaro konferensiya: birinchi ish kuni mazmunli davom etmoqda

Xalqaro konferensiya: birinchi ish kuni mazmunli davom etmoqda

Xalqaro konferensiyaning birinchi ish kuni ikkinchi yarmi kun tartibidan 22 nafar yosh olimlarning ilmiy ma’ruzalari o‘rin oldi. Ma’ruzalar zamonaviy tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma`lumot o`rnida, mazkur xalqaro konferensiya Qarshi shahrida joriy yilning 17–18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanning birinchi kuni Qarshi davlat universitetida tashkil etildi.

Anjuman dasturiga muvofiq, birinchi kuni yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy ma’ruzalari tinglanmoqda. Ikkinchi kuni esa amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari (master-klasslar) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📸 Xalqaro konferensiyadan fotolavhalar (fotoreportaj)  

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati