Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Viloyat 1-sonli Asab-Ruxiy Kasalliklar Dispanserida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan va unga kiritilgan uzgatirishlar uning mazmun moxiyati to’grisida davra suxbati

Maruzachi:       Boymatov  Rustam  –   Qarshi  Davlat  Universitetning  katta  uqituvchisi

Bosh  vrach  G.T  Murodov  so’zga  chiqib,  8- dekabr  O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasining  qabul   qilingan  kun  sifatida  bayram  qilamiz,bayram  qilishimiz  uchun asoslarimiz  bor.Konstitutsiya  bu   asosiy  Davlat xujjati  xisoblanadi. 2023  yilda Konstitutsiyamiz  qaytadan  ko’rib  chiqildi  va  unga  o’zgartirishlar  kiritildi, shu  munosabat bilan Qarshi  Davlat  Universitet  katta  o’qituvchisi  Boymatov  Rustam  tashrif  buyirgan  va  u  kishiga  so’z  berdilar.

Boymatov  R so’zga  chiqib,  Konstitutsiya   bu  inson  zoti  insoniy  yashashi  uchun eng  avvalo  insoniy  xuquqlarini  bilishi  kerak, yashash  xuquqi,mulkdor  bulishi xuquqi,oilali  bolish  xuquqi, ta’lim  olish  xuquqi  va  boshqalar.

Birinchi  mukammal  qonunlar  bundan 2700  avval  paydo  bulgan Qadimgi  Yunonistonda.Zamonaviy  Konstitutsiya Amerika  va  Fransiya da paydo  bulgan  shularga  asoslanib 1992  yil  8  dekabrda  Mustaqil  O’zbekiston  Respublikkasi  Konstitutsiyasi  qabul qilindi.Kontitutsiyamizda  inson  xuquq  va  erkinliklarining barcha  jixatlari  o’z  ifodasini  topgan,ammo  zamon  talablari  asosida  konstitutsiyamiz  uzgartirib  takomillashtirib  borildi,eng  katta  o’zgarish  esa 2023  yil 30  aprelda bolib  o’tgan  umumxalq  referindiumida  ma’qullandi.unda  konsitutsiyamizga  65  foiz  o’zgartirish  kiritildi,ushbu  o’zgartirishlar  mohiyatini o’rganish mamlakatimiz  har  bir  fuqarosining  burchidir.

Qatnashchilar  o’zlarining  qiziqtirgan savollariga  javob  oldilar.