Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Viloyat 1-son Asab-Ruxiy Kasalliklar Dispanserida Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Adliya boshqarmasi va viloyat prokuraturasining mas’ul xodimlari tomonidan viloyat 1-son Asab-ruxiy kasalliklar dispanseri shifokor va xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: – muammo va yechimlar”, “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” mavzularida hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilarga qarorning mazmun-mohiyatini izoh   lovchi buklet va flaerlar tarqatildi.