Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilishda dastlab tibbiyotning birlamchi tizimidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilindi

Sogʻliqni saqlash vaziri taʼkidlaganidek, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” Davlat dasturi doirasida mazkur sohani aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida 110 ta oilaviy shifokorlik punkti, 30 ta oilaviy poliklinika va 520 ta mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan. Biroq oʻtgan davrda Toshkent viloyatida rejadagi 10 ta, Qashqadaryoda 9 ta, Sirdaryoda 5 ta oilaviy shifokor punktidan birortasi tashkil etilmagan. Huddi shunday, oilaviy yangi poliklinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.