Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Tadqiqot: 26 yil ichida surunkali o’pka kasalligidan aziyat chekuvchilar soni 23 foizga oshishi mumkin

O’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi dunyoda yuz beradigan o’lim holatlari sabablari orasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Hozir sayyoramiz aholisining 480 million nafari shu darddan aziyat chekmoqda.

O’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi dunyoda yuz beradigan o’lim holatlari sabablari orasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Hozir sayyoramiz aholisining 480 million nafari shu darddan aziyat chekmoqda.

Eng yomoni, yaqin kelajakda ko’rsatkichlar yanada yomonlashishi mumkin. Xususan, xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan olib borilgan o’rganishlar natijasiga ko’ra, 2050 yilga borib, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligiga chalinish holatlari 23 foizga oshishi prognoz qilinyapti.

Ya’ni olimlar kelgusi 26 yil ichida 25 yoshdan oshgan 592 million kishi xuddi shu xastalikdan aziyat chekishini yangi statistik model asosida hisoblab chiqdi.

Mazkur patologiya ko’proq Janubiy Afrika, Sharqiy Osiyo va tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar aholisi, ayniqsa, ayollar salomatligiga xavf solishi taxmin qilinyapti.

Tadqiqotchilarning eslatishicha, surunkali obstruktiv o’pka kasalligini keltirib chiqaruvchi eng katta omil — chekish! Bu xastalik kashandalarning odatiy patologiyasi.

Ayniqsa, yangi asrda keng ommalashayotgan elektron sigaretalar kasallikka qarshi kurashishga mas’ul oq qon hujayralari faoliyatini izdan chiqarishi aniqlangan.

Qolaversa, atmosferaning ifloslanishi, turli infektsiyalar, ginetik va boshqa omillar ham nafas yo’llari shilliq qavatining g’ayritabiiy yallig’lanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.