Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

SSV: ko’z mikroxirurgiyasi markazining maslahat poliklinikasida uzluksiz Call-markaz tashkil etilgan

Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oftalmologiya sohasi bo’yicha yurtimiz aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi etakchi muassasa hisoblanadi.

Shifoxona 95 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, tarkibida kunlik 250 nafar qatnov uchun maslahat-diagnostika poliklinikasi faoliyat ko’rsatadi.

Bugungi kunda bu erda optik koagerent tomografiya-angiografiya, elektroretinografiya, ultratovushli biomikroskopiya, fluoressentli angiografiya kabi 50 dan ziyod zamonaviy tekshiruv usullari amaliyotga tatbiq etilgan.

Shuningdek, bemorlar uchun tashxis qo’yishda:

endotelial mikroskop;

IOL – master;

optik koagerent tomograf;

Pentakam uskunasi;

elektroretinograf kabi ilg’or tibbiy-asbob uskunalardan foydalaniladi.

Poliklinikada bemorlar elektron shaklda ro’yxatga olinib, boshqa tibbiyot muassasalariga elektron yo’llanma berish, fuqarolarni xonadoniga borib ko’rikdan o’tkazish kabi tibbiy xizmatlar yo’lga qo’yilgan.

Qolaversa, muassasada 24 soat uzluksiz faoliyat ko’rsatuvchi Call-markaz tashkil etilgan bo’lib, navbat tizimi to’liq elektronlashtirilgan.

O’tgan 2023 yil maslahat poliklinikasiga 59 ming 677 nafar bemor murojat qilib, 10 dan ziyod yangi diagnostik usullar amaliyotga tatbiq etildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.