
Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi
Forish tumanining uchma qishlog’ida yashovchi Anorxol Isroilova va uning turmush o’rtog’i Umid Isroilov to’rt qizdan so’ng o’g’il farzand kutishayotgan edi. Kuni kecha ular uch egizakli bo’lishdi: ikki nafar qiz, kenjasi esa o’g’il.
Ona farzandlarini Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, o’g’il chaqaloq esa 2,1 kg bo’lib, ular tabiiy tug’ruq jarayonida tug’ildi. Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning ma’lum qilishicha, ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi shifokorlar nazorati ostida.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.