
O’zbekistonga 2023 yilda 61 ming nafardan ortiq chet el fuqarosi davolanish maqsadida kelgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yil davomida 6,6 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O’zbekistonga tashrif buyurgan.
Ularining safar maqsadlari quyidagicha:
qarindoshlarni yo’qlash – 5,6 million kishi;
dam olish – 773,2 ming kishi;
xizmat yuzasidan – 143,5 ming kishi;
tijorat – 70,4 ming kishi;
davolanish – 61,3 ming kishi;
o’qish maqsadida – 16,8 ming kishi