“O’zbekiston — 2030” strategiyasidan joy olgan 100 ta ustuvor maqsaddan 9 tasi aholi salomatligini ta’minlashga doir islohotlar bilan bog’liq
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasidan joy olgan 100 ta ustuvor maqsaddan 9 tasi aholi salomatligini ta’minlashga doir islohotlar bilan bog‘liq.
SSV matbuot xizmati ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2025 yilda erishilgan natijalar to‘g‘risida infografikalarni e’tiboringizga havola etib boradi.
Ularning birinchisi — yurtimizda aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirishga qaratilgan 13-maqsad ijrosi bilan bog‘liq.
Mazkur maqsad doirasida jismoniy salomatlik bilan bir qatorda aholining ruhiy salomatligini mustahkamlash, psixiatriya va psixologik xizmatlar sifatini yaxshilash, erta tashxis va profilaktik choralarni kengaytirish bo‘yicha ham muhim islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, psixiatriya xizmatida zamonaviy yondashuvlar joriy etilib, birlamchi bo‘g‘inda ruhiy salomatlikni muhofaza qilish tizimi kuchaytirildi, aholiga ko‘rsatilayotgan psixiatriya yordami qamrovi va sifati sezilarli darajada oshirildi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Psixiatriya Xizmati Qashqadoryo.