MAHALLADA XAVFSIZ VA SOG’LOM MUHITNI YARATISH — DOLZARB VAZIFA
MAHALLADA XAVFSIZ VA SOG’LOM MUHITNI YARATISH — DOLZARB VAZIFA
🔵Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari bilan Nishon tumani “Yuksalish” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori ijrosi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Ushbu tadbirda mahalla faollari, mas’ul shaxslar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
🩺Uchrashuvda respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya va narkologiya xizmatlari bo‘yicha hududiy filial rahbarlari Sh.Mamadiyev, G’.Umrzoqov va Nishon tuman tibbiyot birlashmasi rahbari D.Shoymardonovlar tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, ruhiy salomatlikni saqlash, zararli odatlar va huquqbuzarliklarga qarshi profilaktika masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
