Hududlarda giyohvandlikka qarshi kurash ishlari muhokama qilindi
Hududlarda giyohvandlikka qarshi kurash ishlari muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotik va o‘q otar qurollarni nazorat qilish agentligi mas’ul xodimlari hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimizning PF-207 sonli farmoni ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar, ta’lim muassasalari, mahallalar hamda mehnat jamoalarida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi tahlil etildi.
Yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan narkotik vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi olib borilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijalari, shuningdek, davlat organlari va jamoatchilik tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
