Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori (738-son, 24.11.2025 y.) asosida “dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Unga ko’ra, dori vositalari davlat ro’yxatidan umumiy tartibda va tan olish yo’li bilan o’tkaziladi.

Quyidagilar ro’yxatdan o’tkaziladi:

dori vositalari;

O’zbekistonda ro’yxatdan o’tkazilgan dori vositalarining yangi kombinasiyalari;

ilgari O’zbekistonda ro’yxatdan o’tkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;

ilgari O’zbekistonda ro’yxatdan o’tkazilgan, turi, sifat tarkibi va (yoki) miqdoriy tarkibi, hujayra liniyasining biologik xususiyatlari va boshqa xususiyatlari o’zgargan hujayra texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan biotexnologiya dori vositalari.

Dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish natijalariga ko’ra amal qilish muddati 5 yil bo’lgan ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasi beriladi.

“Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar davlat reestrini yuritadi.

Davlat reestri Sog’liqni saqlash vazirligi va Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.