Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish jarayonlari takomillashtiriladi

Farmonga ko’ra, 2026 yil 1 yanvardan:

mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun “zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikatiga ega bo’lishi talab etiladi;

dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish natijalariga ko’ra mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati 5 yil bo’lgan ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasi beriladi.

Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ilgari muddatsiz berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddati mazkur Farmon kuchga kirgan sanadan e’tiboran 5 yil etib belgilanadi;

dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish ularning huquq egasining buyurtmasi asosida tegishli lisenziyaga ega bo’lgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma orqali amalga oshirilishi mumkin;

tibbiy jihozlarni chakana realizasiya qilish faoliyati uchun lisenziya talabi bekor qilinib, ushbu faoliyat vakolatli organni xabardor qilish orqali amalga oshiriladi