Respublika ruhiy salomatlik markazi 30 turdagi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o’z faoliyati davomida salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2023 yil iyun oyidagi tegishli qarori dasturilamal bo’layotir. Zero, unda aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, sohada samarali boshqaruv tizimini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va psixiatriya muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog’liq dolzarb vazifalar belgilab berilgan. …