Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

JSST: Evropa mintaqasida qizamiqqa chalinish holatlari rekord darajaga etdi

Yangi taqdim etilgan hisobotga ko’ra, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosiga a’zo mamlakatlarda o’tgan yili qizamiqqa chalinish bilan bog’liq 127 mingdan ziyod holat qayd etilgan. Xavotirli jihati, bu — 2023 yilga nisbatan ikki baravar ko’p hamda 1997 yildan beri ro’yxatga olingan eng yuqori ko’rsatkichdir. JSST va YUNISEFning bu boradagi tahlilida keltirilishicha, Evropa hamda Markaziy …

Batafsil o’qish JSST: Evropa mintaqasida qizamiqqa chalinish holatlari rekord darajaga etdi

Gadjetlar ko’z saratoniga olib keladimi?

Agar ko’zingiz tushgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda bolalar orasida ko’z saratoni bilan kasallanish holatlari oshganligi va bunga ular ko’p vaqtini sarflaydigan gadjetlar sabab bo’layotganligi keltirilgan. Xo’sh, bu qanchalik to’g’ri va mutaxassislarning bu boradagi fikrlari qanday? — Asosiy masalaga to’xtalishdan oldin onkologik kasalliklar hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganini aytish joiz, — deydi Respublika ko’z …

Batafsil o’qish Gadjetlar ko’z saratoniga olib keladimi?

Elektron tibbiyot: mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday rasmiylashtiriladi?

Issiq jon isitmasiz, bo’lmaydi, deydi xalqimiz. Bunday paytda fuqaroning ishdan, o’qishdan qolib davolanishi yoki tobi qochgan farzandini parvarishlashi uchun davlat tomonidan zarur sharoitlar yaratiladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi — buni tasdiqlovchi hujjat turidir. Xo’sh, mehnatga layoqatsizlik varaqasi kimlarga, qancha muddatga va qaysi talablar asosida beriladi? Uni rasmiylashtirish tartibi qanday? Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Shoira Abdusattarova …

Batafsil o’qish Elektron tibbiyot: mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday rasmiylashtiriladi?

Toshkent viloyatida yana 7kg dan ziyod bo’lgan chaqaloq tug’ildi

Yangiyo’l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo’lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug’dirilgan, bu uning to’rtinchi farzandidir. Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, , hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. Eslatib o’tamiz, bunday holat o’tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo’lib, …

Batafsil o’qish Toshkent viloyatida yana 7kg dan ziyod bo’lgan chaqaloq tug’ildi

Respublika ruhiy salomatlik markazi 30 turdagi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o’z faoliyati davomida salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2023 yil iyun oyidagi tegishli qarori dasturilamal bo’layotir. Zero, unda aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, sohada samarali boshqaruv tizimini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va psixiatriya muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog’liq dolzarb vazifalar belgilab berilgan. …

Batafsil o’qish Respublika ruhiy salomatlik markazi 30 turdagi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi

Gematologiya markazi dunyoning qaysi etakchi klinikalari bilan hamkorlik qilmoqda?

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o’tgan yildagi faoliyati haqida gap ketganda, bu erda birinchi marta o’ta murakkab yuqori texnologik amaliyot — allogen va gaploidentifik o’zak hujayralar transplantasiyasi yo’lga qo’yilgani va ushbu operasiya 30 nafar bemorda muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini aytish joiz. Bu, albatta, markazda zamonaviy davolash usullari amaliyotga samarali tatbiq etilayotgani va xalqaro hamkorlik izchil …

Batafsil o’qish Gematologiya markazi dunyoning qaysi etakchi klinikalari bilan hamkorlik qilmoqda?

Beg’araz donorlik

O’tgan yili yurtimizda qancha sifatli qon tayyorlandi? Donorlik — ezgu va savobli amal. Beg’araz qon topshirish — odamiylikning oliy namunasi. Donorlar ana shunday insonlar bo’lib, ular tufayli har kuni minglab bemorlar hayoti saqlab qolinadi. Ayniqsa, murakkab transplantasiya amaliyoti o’tkaziladigan, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan va baxtsiz hodisa tufayli og’ir tan jarohati olgan bemorlar uchun qon muhim …

Batafsil o’qish Beg’araz donorlik

Bolalarda xavfli o’sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

Saraton — jiddiy xastalik. So’nggi paytlarda global iqlim o’zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo’shimchalarning ko’payishi hamda yashash hududlarida kantserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko’p uchramoqda. Mutaxassislar fikricha, xastalik profilaktikasiga oid tadbirlarni samarali tashkil etish va uni erta bosqichlarda aniqlash orqali minglab bemorlarni sog’lom hayotga …

Batafsil o’qish Bolalarda xavfli o’sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

Skrining tekshiruvlari: patronaj hamshiralarining vazifalari nimalardan iborat?

Tibbiyotning birlamchi bo’g’ini muassasalari aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida o’tkaziladigan patronaj tadbirlarining asosiy ob’ekti hisoblanadi. Xo’sh, ushbu tizimda o’tkaziladigan skrining tekshiruvlarida patronaj hamshirasining ishtiroki qay darajada? Sog’liqni saqlash vazirligining joriy yil 27 martda qabul qilingan 97-son buyrug’ida bunga doir tegishli talablar belgilangan. 2-10 yoshli bolalarda gelmintoz kasalliklari skriningi: Hududdagi 2-10 yoshdagi bolalarning elektron ro’yxatini …

Batafsil o’qish Skrining tekshiruvlari: patronaj hamshiralarining vazifalari nimalardan iborat?

Tadqiqot: infarktdan so’ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo’li topildi

Yurak xurujini o’tkazgan bemorlarda ko’pincha kasallikdan so’ng zararlangan mushaklar o’rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak etishmovchiligini yuzaga keltiradi. Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko’ra, inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to’qimasi tiklanishida muhim rol o’ynaydi. Olimlar tomonidan jonivorlarda …

Batafsil o’qish Tadqiqot: infarktdan so’ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo’li topildi