Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Bugundan 2025/2026 o’quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo’yicha 2025/2026 o’quv yili uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari har kuni ikki smenada o’tkaziladi:
1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00

Abiturientlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin test sinovi o’tkaziladigan hududga quyidagi hujjatlar bilan kelish so’raladi:

Pasport (ID-karta)ning asli
Abiturient ruxsatnomasi

Eslatma. Abiturient:

1-smena uchun soat 07:30 ga qadar;
2-smena uchun soat 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o’tib, joy egallab bo’lishi shart.

Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki belgilangan vaqtdan kechikkan abiturientlar test sinoviga kiritilmaydi.

Test sinovlari videokuzatuv ostida test2025.uz sayti orqali Real vaqt rejimida onlayn translyasiya qilinmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.