Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

“Bebbo” – bola tarbiyasida ota-onalarning yaqin ko’makchisi

Ko’p yosh ota-onalar farzandi hayotining dastlabki yillarida uning tarbiyasi, salomatligi, jismoniy va aqliy rivojlanishi, ovqatlanishi borasida shifokor, psixolog yoki pedagogning maslahatiga muhtoj bo’ladi.

Ammo tegishli mutaxassis qabuliga borish uchun vaqt yoki imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi.

Shunday vaziyatlarda YUNISEF, O’zbekiston Sog’liqni saqlash hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamkorligida ishlab chiqilgan “Bebbo” mobil ilovasi ularga ko’makchi bo’la oladi.

Ota-onalar va boshqa g’amxo’rlik qiluvchilarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu bepul mobil ilovada 6 yoshgacha bo’lgan bolalar salomatligi va rivojlanishining barcha jihatlari bo’yicha mutaxassislarning maslahatlari jamlangan.

“Bebbo” bolaning ovqatlanishidan tortib, erta yoshdan ta’lim va o’yinning ahamiyati, himoya va xavfsizlik kabi keng ko’lamli masalalar, shuningdek ota-onalar va g’amxo’rlik qiluvchilar uchun o’z farovonligini ta’minlash bo’yicha aniq tavsiyalarni o’z ichiga olgan.

Mobil ilovada ota-onalar uchun olingan va rejalashtirilgan emlashlar, o’tkazilgan tibbiy ko’riklar hamda rivojlanishning boshqa muhim bosqichlarini qayd etish imkonini beruvchi funktsiyalar ham mavjud.

“Bebbo” ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

Android foydalanuvchilari uchun
Apple foydalanuvchilari uchun

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.