Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Dementsiya, Parkinson yoki Alsgeymerga chalinganlar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko’rsatiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori (36-son, 29.01.2026 y.) bilan «faol hayotga qadam» dasturi joriy etilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:

o’zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashovchi hamda yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar reestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;

«Inson» markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;

ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchini «yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi «oila hamkori» platformasida ro’yxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

2026 yil 1 martdan xulq-atvori buzilishlari bo’lmagan ruhiy kasallik bo’yicha dispanser nazoratida turuvchi dementsiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo’yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko’rsatiladi.