Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Kitob tumanilik Jasur Maqaev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni katta orzu-havaslar bilan kamolga etkazayotgandi. Yaqinda bu oilada bir yo’la yana 4 qizaloq tug’ildi. Natijada ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi.

Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo’yi 37 sm.

Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo’yi 38 sm.

Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo’yi 40 sm.

To’rtinchisining vazni 1400 gr, bo’yi 37 sm.

Ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.