Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Bugun — matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Sog’liqni saqlash vazirligi yurtimizdagi barcha jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Mamlakat taraqqiyoti, fuqarolarning ongu tafakkurini oshirish, jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda so’z erkinligining o’rni beqiyos. Bu jarayonda esa qalam ahli, shubhasiz, muhim o’rin tutadi.

Ayniqsa, so’nggi yillarda yangi O’zbekiston tibbiyotida kechayotgan transformasiya jarayonlarini aholiga etkazish, xalqimiz orasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika tadbirlarining ahamiyati haqida xolis va ishonchli axborot berishda ushbu kasb egalarining xizmati alohida e’tirofga munosib.

Shuningdek, sog’liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolarga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, bu orqali ularni bartaraf etishda ham jonkuyar jurnalistlar fidoyilik namunasini ko’rsatmoqda. 

Shu bois, vazirlik ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikni yuksak qadrlaydi va ushbu aloqalar kelgusida yanada mustahkam bo’lishiga ishonch bildiradi.

Qolaversa, yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlarga jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib etishdagi fidokorona xizmati uchun alohida minnatdorlik izhor etadi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.