Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

SSV: tibbiyot sohasiga xorijiy investisiyalarni jalb etish ishlari tanqidiy tahlil qilindi

Sog’liqni saqlash vazirligida sohaga xorijiy investisiyalarni jalb etish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Bosh prokuror o’rinbosari D. Kasimov va Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari F. Tashpulatov boshchiligida videokonferentsaloqa shaklida o’tkazilgan ushbu muloqotda vazirlik mas’ullari, tibbiyot oliy o’quv yurtlari va tegishli tashkilotlar vakillari, joylardagi studiyalardan viloyat hokimi o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri hamda viloyat boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda ushbu yo’nalishga doir bir qator muhim masalalar tanqidiy ko’rib chiqildi.

Dastlab o’tgan 2024 yilda sohaga chet el investisiyalarini jalb qilish bo’yicha qilingan ishlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, joriy yilgi xorijiy loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, 2025 yil 320 ta muassasa xorijiy investisiya dasturlari doirasida 35 turdagi 8000 dan ortiq zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, poytaxtimizda kattalar uchun zamonaviy ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, qarshi va Beshkent shaharlarida 2 ta tibbiyot muassasasini barpo etish ishlari boshlanadi. Bundan tashqari, joriy yil mamlakatimizdagi 230 ta tug’ruq kompleksi va perinatal markazlarini 41 turdagi 10 ming 142 dona zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo’yicha loyihalar amalga oshirish ko’zda tutilgan

Shundan kelib chiqib, yig’ilishda bundan buyon sohadagi investisiya loyihalarini asosiy faoliyat yo’nalishlariga muvofiq mas’ul vazir o’rinbosarlariga taqsimlash mexanizmi joriy etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tizimda har bir hududiy sog’liqni saqlash boshqarmalari rahbarlariga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish bo’yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.