Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Bemorlar shifo topishida hamshiralarning ham o’rni beqiyos

Bemorlar shifo topishida hamshiralarning ham o’rni beqiyos. Shu sababli sohada olib borilayotgan islohotlar jarayonida ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

“Hamshira — 2025” respublika ko’rik-tanlovi ana shu maqsadda tashkil etilgan bo’lib, bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelinmoqda. U, o’z navbatida, o’rta tibbiyot xodimlarini rag’batlantirishdan tashqari, ilg’or tajriba va bilimlarni keng ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bugun tanlovning Toshkent shahar bosqichi yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Bir nechta shart asosida bahslashgan hamshiralar o’zlarining bilim va mahoratini namoyish etish imkoniga ega bo’ldi.

Yakunda g’oliblar nomi e’lon qilindi. Unga ko’ra:

-o’rinni Uchtepa tumani Markaziy ko’p tarmoqli poliklinikasining amaliyot hamshirasi Sarvinoz Ochilova qo’lga kiritdi.

-o’ringa Yangihayot tumanidagi 66-oilaviy poliklinika amaliyot hamshirasi Sonagul Rajabova loyiq Ko’rildi.

-o’rin esa Olmazor tumanidagi 21-oilaviy poliklinika patronaj hamshirasi Roziya Odilovaga nasib etdi.

G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

1-o’rin sohibalari tanlovning shu yilning may oyida xalqaro hamshiralar kuni arafasida bo’lib o’tadigan respublika bosqichida qatnashadi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.