Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Yurtimizdagi davolash muassasalarining salohiyati va imkoniyatlarini jahon standartlariga to’la javob beradigan yuksak darajaga olib chiqish…

Yurtimizdagi davolash muassasalarining salohiyati va imkoniyatlarini jahon standartlariga to’la javob beradigan yuksak darajaga olib chiqish sohadagi transformasiya jarayonlarining bosh maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu boisdan bugun ilg’or va zamonaviy shifo maskanlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilyapti. 

Bolalar milliy tibbiyot markazi, Milliy tibbiyot markazi, kattalar va bolalar uchun mo’ljallangan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari – so’nggi yillarda qad rostlagan ana shunday muassasalardan. Qolaversa, hozirda barcha qulayliklarga ega bo’lgan onkologiya va nefrologiya tibbiyot markazlari ham barpo etilmoqda.

Quvonarlisi, tibbiyotdagi bunday o’zgarishlar nafaqat poytaxt yoki viloyat markazlari, balki yurtimizning eng chekka va olis hududlariga qadar etib bormoqda.

SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada shu haqda batafsil so’z boradi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.