Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

21.01.2025-yil kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari hamda G‘uzor tumani psixiatrlari ishtirokida Telemeditsina dasturi doirasida onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur onlayn uchrashuvning asosiy maqsadi psixiatriya yo‘nalishida birlamchi tibbiy bo‘g‘inda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berish, shuningdek, hududlarda ko‘rsatilayotgan ruhiy salomatlik xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida filialning tajribali mutaxassislari tomonidan psixik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarga birlamchi yordam ko‘rsatish, shuningdek, dispanser nazoratini to‘g‘ri tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan hududiy psixiatriya faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, hamda telemeditsina doimiy tashkil etilishi rejalashtirildi.